Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish 2026-yilgacha bitkaziladi.
Toshkent-Andijon pullik avtobomil yo‘lining narxi texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va uni qurish bo‘yicha xalqaro tender asosida belgilanadi, deya ta’kidladi Jahon banki vakili «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida. Aytilishicha, ushbu yo‘l foydalanishga topshirilganidan so‘ng Toshkentdan Andijonga sayohat vaqti taxminan 2 soatga qisqaradi.
Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar Jahon banki konsultantlari tomonidan ishlab chiqildi. Qurilish ishlari ikki bosqichli xalqaro tender g‘olibiga topshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd dollardan oshadi.
Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pullik yo‘llaridan o‘tish narxi 5−6 dollar (ekvivalentda) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu yo‘llardagi harakatlanishning maksimal tezligi 120−150 km/s bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting